Maxfiylik siyosati
1. Kim ma'lumotni qayta ishlaydi
AliSend.uz — Facebook Lead Ads va WhatsApp'dan kelgan lidlarni avtomatik yetkazish xizmati. Xizmat ko'rsatuvchi va ma'lumotlarni qayta ishlovchi: Ali Digital (rasmiy rekvizitlar — Foydalanish shartlari, 8-band). Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
| Ma'lumot | Qayerdan | Nima uchun |
|---|---|---|
| Lid ma'lumoti ism, telefon, email va formada so'ralgan boshqa maydonlar |
Facebook Lead Ads formasi — mijozning o'zi kiritadi | Sizga yetkazish uchun. Boshqa maqsadda ishlatilmaydi |
| Sahifa va forma belgisi page_id, form_id, lid vaqti |
Meta webhook xabari | Lid qaysi kampaniyadan kelganini aniqlash |
| WhatsApp xabari yozgan odamning raqami, profil ismi va birinchi xabari |
WhatsApp raqamingizni ulasangiz — Meta Cloud API orqali | Lid sifatida sizga yetkazish va avto-javob yuborish |
| Telegram hisobingiz ID, username, ism |
Telegram orqali kirsangiz | Hisobingizni tanish |
| Facebook yoki Google profilingiz ID, ism (Google'da email ham) |
Facebook yoki Google orqali kirsangiz | Hisobingizni tanish |
| Ulanish kalitlari Facebook va WhatsApp tokenlari, CRM/webhook havolalari |
Siz ulaganingizda | Lidlarni olish va yetkazish. Faqat shifrlangan holda saqlanadi |
| Seans belgisi | Brauzeringizdagi cookie | Kabinetda kirgan holda qolish |
Biz yig'MAYDIGAN narsalar: Facebook parolingiz, to'lov karta ma'lumotlari, shaxsiy yozishmalaringiz. WhatsApp'dan faqat sizning biznes raqamingizga kelgan xabarlar lid sifatida olinadi. Biz sizning nomingizdan post yozmaymiz va reklama boshqarmaymiz.
To'lov ma'lumotlari: obuna uchun to'lov qilganingizda biz faqat to'lov sanasi, summasi, tarifi va usulini saqlaymiz. Kartaga o'tkazmada siz botga yuborgan chek rasmi faqat to'lovni tasdiqlash uchun ko'riladi. Karta raqami, muddati va CVV kodi bizga hech qachon kelmaydi.
3. Ma'lumot kimga uzatiladi
Lidni yetkazish uchun ma'lumot siz tanlagan xizmatlarga o'tadi:
- Telegram — siz ko'rsatgan guruh yoki kanalga xabar sifatida
- Google Sheets — siz ko'rsatgan jadvalga qator sifatida (yoqilgan bo'lsa)
- Bitrix24, amoCRM yoki webhook — siz ulagan CRM yoki manzilga (yoqilgan bo'lsa)
- Meta (WhatsApp Cloud API) — WhatsApp raqamingiz ulangan bo'lsa, avto-javob yuborish uchun
- Meta (Facebook) — lid ma'lumotini olish uchun Graph API'ga murojaat qilamiz
- Payme — onlayn to'lov tanlasangiz, to'lov tizimiga faqat buyurtma raqami va summa uzatiladi. Lidlaringiz to'lov tizimiga uzatilmaydi
Ma'lumot bizning serverlarimizda (Railway bulut xizmati) saqlanadi; sayt Cloudflare orqali ishlaydi. Bulardan tashqari hech kimga bermaymiz. Ma'lumot sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga uzatilmaydi.
4. Qancha vaqt saqlanadi
- Lidlar — yetkazish tarixini ko'rsatish va nosozlikni tekshirish uchun saqlanadi. So'rasangiz o'chiramiz.
- Seanslar — 30 kun, yoki siz "chiqish" bosganingizda darhol.
5. Ma'lumot qanday himoyalanadi
- Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi
- Tokenlar, CRM kalitlari va webhook havolalari bazada shifrlangan holda saqlanadi
- Kalitlar va tokenlar faqat server muhit o'zgaruvchilarida turadi, kodda emas
- Meta'dan kelgan har bir xabar imzo bilan tekshiriladi — soxta so'rov qabul qilinmaydi
6. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda so'rashingiz mumkin:
- Sizga tegishli ma'lumotlar nusxasini olish
- Ularni to'g'rilash yoki butunlay o'chirish
- Hisobingizni yopish — buni kabinetda Sozlamalar → Hisobni o'chirish orqali o'zingiz darhol qilasiz
So'rov 30 kun ichida bajariladi.
7. Facebook ulanishini uzish
Facebook sahifangizni AliSend'dan ajratish uchun: Facebook sahifangiz → Settings → Business integrations → AliSend → Remove. Shundan keyin yangi lidlar kelmaydi.
8. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, ushbu sahifadagi "oxirgi yangilanish" sanasi yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida hisobingizga xabar beramiz.
Aloqa
Ma'lumotlarni o'chirish, savol yoki shikoyat uchun: muhammadalinematjonovv@gmail.com