← Bosh sahifa

Ma'lumotni o'chirish

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-oktabr
Qisqacha: kabinetda Sozlamalar → Hisobni o'chirish tugmasi bilan o'zingiz o'chirasiz — qaysi usulda kirgan bo'lishingizdan qat'i nazar. Facebook orqali yoki xat bilan ham so'rashingiz mumkin.

1-yo'l — kabinetdan (eng tez)

Kabinetga kiring → Sozlamalar → Hisobni o'chirish → tasdiqlash uchun OCHIRISH deb yozing. Hisob va unga tegishli ma'lumot darhol o'chiriladi. Telegram, Facebook yoki Google — qaysi biri bilan kirgan bo'lsangiz ham ishlaydi.

2-yo'l — Facebook orqali (avtomatik)

Bu eng tez yo'l. Facebook'ning o'zi bizga o'chirish buyrug'ini yuboradi:

Shundan keyin Facebook bizga xabar yuboradi, biz ma'lumotni o'chiramiz va sizga tasdiq kodi beriladi. Kod bo'yicha holatni shu sahifada tekshirishingiz mumkin.

3-yo'l — xat orqali

muhammadalinematjonovv@gmail.com manziliga «Ma'lumotni o'chirish» mavzusida yozing. Hisobingizni aniqlash uchun Facebook'da ishlatgan ismingizni yoki ulangan sahifa nomini ko'rsating. So'rov 30 kun ichida bajariladi, odatda ancha tezroq.

Nima o'chiriladi

Ma'lumotHolati
Facebook ruxsati (token)Butunlay o'chiriladi
Sizga kelgan lidlar
ism, telefon, forma javoblari
Butunlay o'chiriladi
Integratsiyalar
forma → guruh bog'lanishlari
Butunlay o'chiriladi
Telegram guruh bog'lanishiButunlay o'chiriladi
WhatsApp, Sheets va CRM sozlamalari
tokenlar, kalitlar, havolalar
Butunlay o'chiriladi
Hisob yozuviButunlay o'chiriladi

Nima o'chirilmaydi va nega

Faqat ulanishni uzmoqchi bo'lsangiz

Ma'lumotni o'chirmasdan, faqat yangi lidlar kelishini to'xtatmoqchi bo'lsangiz — kabinetdagi integratsiyani o'chiring yoki botni guruhdan chiqaring. Bunda eski lidlaringiz saqlanib qoladi.

Tasdiq kodini tekshirish

O'chirish kodini olgan bo'lsangiz, holatini shu manzilda ko'rasiz:
https://api.alisend.uz/fb/data-deletion?code=KOD