Facebook Lead Ads'dan tushgan har bir lidni Telegram guruhingiz va Google Sheets'ga avtomatik yetkazamiz. Make va Zapier'siz, o'zbek tilida, o'zbek narxida.
Dasturchi kerak emas. Facebook akkauntingizni ulaysiz, qayerga yuborishni tanlaysiz — qolganini AliSend qiladi.
Bir marta bosib akkauntingizni ulaysiz — barcha lead formalaringiz avtomatik ko'rinadi.
Telegram guruh, Google Sheets, Bitrix24, amoCRM va o'z webhook'ingiz — bir nechtasiga birdan.
Har bir lid odatda bir soniyada yetkaziladi. Yetkazilmasa — lid saqlanadi va avtomatik qayta yuboriladi.
Targetolog uchun targetolog qurgan servis — har bir detal amaliyotdan olingan.
Mijoz WhatsApp raqamingizga yozishi bilan unga darhol avto-javob boradi, lid esa Telegram guruhingiz va Google Sheets'ga tushadi. Lid sovumasidan ushlaysiz.
Lid yetkazilmasa — 10, 30 va 60 soniyada qayta urinamiz. Baribir bo'lmasa, lid saqlanadi va muammo to'g'rilangach avtomatik yuboriladi; sababi kabinetda ko'rinadi.
Integratsiyani sozlab bo'lgach, bitta tugma bilan test lid yuborasiz — reklama yoqishdan oldin hammasi ishlayotganiga ishonch hosil qilasiz.
Bugun, hafta, oy — qaysi formadan nechta lid tushgani bir joyda. Sahifani yangilasangiz, har doim eng so'nggi raqamlar.
Har lid jadvalga yangi qator bo'lib yoziladi: sana, ism, telefon, email, shahar, forma va qolgan javoblar. Jadval o'zingizniki — xohlagancha filtrlang, CSV yoki Excel'ga yuklab oling.
Karta orqali to'lov darhol ishlaydi — to'lov o'tishi bilan tarifingiz avtomatik uzaytiriladi.
Har qanday tarifda barcha integratsiyalar ochiq. Faqat lid soniga qarab to'laysiz.
2 daqiqada sozlang — 1 000 lidgacha bepul, karta so'ralmaydi.
Bepul boshlash